Fuqarolik kodeksi

1133-modda. Majburiyat yuklash

Vasiyat qiluvchi vasiyat bo'yicha merosxo'r zimmasiga biron-bir harakatni sodir etish yoki sodir etishdan o'zini tiyish majburiyatini yuklab, bu majburiyatni bajarishni kreditor sifatida talab qilish huquqini hech kimga bermasligi mumkin. Umumiy foydali maqsadni amalga oshirish uchun vasiyatnomani ijro etuvchining zimmasiga xuddi shunday majburiyat yuklatilib, bu majburiyatni bajarish uchun meros qoldiruvchi tomonidan mol-mulkning bir qismi ajratilishi mumkin. Mulkiy xususiyatga ega bo'lgan xatti-harakatni sodir etishdan iborat majburiyatga nisbatan tegishincha ushbu Kodeksning 1132-moddasida bayon etilgan qoidalar qo'llaniladi. Agar ushbu Kodeksga muvofiq, majburiyatni bajarish zimmasida bo'lgan merosxo'rga tegishi lozim bo'lgan yoki unga qarashli bo'lgan meros ulushi boshqa merosxo'rga o'tsa, majburiyatni bajarish bekor bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.