Vasiyatnoma yozilgan joyi va vaqti ko'rsatilgan holda yozma shaklda tuzilishi lozim.
Quyidagi vasiyatnomalar yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi:
notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar;
notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga tenglashtirilgan vasiyatnomalar.
Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o'z qo'li bilan imzolanishi lozim.
Agar vasiyat qiluvchi jismoniy nuqsonlari, kasalligi yoki savodsizligi tufayli vasiyatnomani o'z qo'li bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga binoan notarius yoki qonunga muvofiq vasiyatnomani tasdiqlaydigan boshqa shaxs hozir bo'lganida vasiyat qiluvchi o'z qo'li bilan imzolay olmaganligining sabablari ko'rsatilgan holda vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qo'yishi mumkin.
Quyidagilar vasiyat qiluvchining o'rniga vasiyatnomani imzolashi mumkin emas:
notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa shaxs;
vasiyatnoma kimning foydasiga tuzilgan yoki kimga nisbatan vasiyat majburiyati yuklatilgan bo'lsa, o'sha shaxs, uning eri (xotini), bolalari, ota-onasi, nevaralari va chevaralari, shuningdek vasiyat qiluvchining qonun bo'yicha merosxo'rlari;
to'liq muomala layoqatiga ega bo'lmagan fuqarolar;
savodsizlar va vasiyatnomani o'qiy olmaydigan boshqa shaxslar;
yolg'on guvohlik berganlik uchun muqaddam sudlangan shaxslar.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1124-modda. Vasiyatnomaning shakliga doir umumiy qoidalar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.