Fuqarolik kodeksi

112-modda. Bitimning notarial shakliga va uni ro'yxatdan o'tkazish talabiga rioya qilmaslikning oqibatlari

Bitimning notarial shakliga yoki uni davlat ro'yxatidan o'tkazish talabiga rioya qilmaslik bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday bitim o'z-o'zidan haqiqiy bo'lmaydi. Agar taraflardan biri notarial tasdiqlash talab qilinadigan bitimni to'la yoki qisman bajargan bo'lsa, ikkinchi taraf esa — bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, sud bitimni bajargan tarafning talabi bo'yicha uni haqiqiy deb hisoblashga haqlidir. Bu holda bitimni keyinchalik notarial rasmiylashtirish talab qilinmaydi. Agar davlat ro'yxatidan o'tkazish talab qilinadigan bitim kerakli shaklda tuzilgan bo'lib, ammo taraflardan biri uni ro'yxatdan o'tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning talabi bilan bitimni ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida qaror chiqarishga haqli. Bunday holda bitim sud qaroriga muvofiq ro'yxatdan o'tkaziladi. Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda bitimni notarial tasdiqlash yoki davlat ro'yxatidan o'tkazishdan asossiz bosh tortayotgan taraf bitimni tuzish kechiktirilganligi tufayli yetkazilgan zararni ikkinchi tarafga to'lashi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.