O'simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga (selektsiya yutuqlariga) bo'lgan huquqlar patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinadi.
Selektsiya yutug'iga patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda bunday patentni berish tartibi qonun bilan belgilab qo'yiladi.
Selektsiya yutuqlariga bo'lgan huquqlar hamda bu huquqlarni muhofaza qilish bilan bog'liq munosabatlarga nisbatan, basharti ushbu bobning qoidalari va qonunda o'zgacha hol nazarda tutilgan bo'lmasa, ushbu Kodeksning tegishincha 1084 –– 1090-moddalari qoidalari tadbiq etiladi.
lex.uz’dagi asl matnFuqarolik kodeksi
1091-modda. O'simliklarning yangi navlari va hayvonlarning yangi zotlariga bo'lgan huquqlarni muhofaza qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.