Fuqarolik kodeksi

1086-modda. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasining hammualliflari

Ixtiro, foydali model, sanoat namunasi hammualliflarining o'zaro munosabatlari ular o'rtasidagi kelishuv bilan belgilab qo'yiladi. Ixtiro, foydali model, sanoat namunasini yaratishga noijodiy yordam berish (texnikaviy, tashkiliy yoki matematik yordam, huquqlarni rasmiylashtirishga ko'maklashish va hokazolar) hammualliflikka sabab bo'lmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.