Fuqarolik kodeksi

108-modda. Bitimning oddiy yozma shakli

(108-модда биринчи қисмининг 2-банди Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 3 декабрдаги ЎРҚ-586-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 04.12.2019 й., 03/19/586/4106-сон)

Notarial tasdiqlanishi talab etiladigan bitimlardan tashqari, quyidagi bitimlar oddiy yozma shaklda tuziladi: 1) yuridik shaxslarning o'zaro va fuqarolar bilan bitimlari; 2) fuqarolar o'rtasidagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa — bitim summasidan qat'i nazar, boshqa bitimlar. Ushbu Kodeksning 106-moddasiga muvofiq og'zaki tuzilishi mumkin bo'lgan bitimlar uchun oddiy yozma shaklga rioya etish talab qilinmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.