Fuqarolik kodeksi

1014-modda. Zararning o'rnini qoplash to'lovlari

Jabrlanuvchining mehnat qobiliyati pasayishi yoki uning vafot etganligi bilan bog'liq zararni qoplash har oylik to'lovlar bilan amalga oshiriladi. Uzrli sabablar bo'lgan taqdirda sud zarar yetkazuvchining imkoniyatlarini hisobga olib, undirish huquqiga ega bo'lgan fuqaroning talabi bilan unga tegishli to'lovlarni bir yo'la, lekin uch yildan oshmagan vaqt uchun to'lashni belgilashi mumkin. Kelgusi vaqt uchun qo'shimcha xarajatlarni undirish tibbiy ekspertiza xulosasi asosida aniqlanadigan muddatlarda, shuningdek tegishli xizmatlar va mol-mulk (yo'llanma sotib olish, yo'l haqini to'lash, maxsus transport vositalari haqini to'lash va hokazo) qiymatini oldindan to'lash zaruriyati tug'ilganda amalga oshirilishi mumkin. Jabrlanuvchi qonunga muvofiq majburiyatning bekor qilinishini yoki muddatidan oldin bajarilishini talab qilishga haqli bo'lgan hollarda, bunday talab vaqti-vaqti bilan to'lab turiladigan tegishli to'lovlarni kapitallashtirish yo'li bilan qanoatlantiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.