Fuqarolik kodeksi

1008-modda. Voyaga yetmagan shaxsning sog'lig'iga shikast yetkazilganda zararning o'rnini qoplash

(1008-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

O'n to'rt yoshga to'lmagan va ish haqi (daromad) olmaydigan voyaga yetmagan shaxs mayib bo'lib qolgan yoki sog'lig'iga boshqacha tarzda shikast yetkazilgan taqdirda zarar yetkazilganligi uchun javobgar shaxs sog'liqqa shikast yetkazilishi tufayli qilingan xarajatlarning o'rnini qoplashi shart. Jabrlanuvchi o'n to'rt yoshga to'lganda, shuningdek o'n to'rtdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan ish haqi (daromad) olmaydigan voyaga yetmagan shaxsga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxs jabrlanuvchiga sog'liqqa shikast yetkazilishi tufayli qilingan xarajatlardan tashqari, shuningdek uning mehnat qobiliyati yo'qotilganligi yoki kamayganligi bilan bog'liq zararni qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasi miqdoridan kelib chiqib, qoplashi shart. Agar voyaga yetmagan shaxs sog'lig'iga shikast yetkazilguniga qadar ish haqi (daromad)ga ega bo'lgan bo'lsa, unda zarar ushbu ish haqi (daromad) miqdoridan kelib chiqib, ammo qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh karrasidan kam bo'lmagan miqdorda to'lanadi. Sog'lig'iga ilgari shikast yetkazilgan voyaga yetmagan shaxs mehnat faoliyati boshlanganidan so'ng zarar uchun to'lanayotgan haqni u oladigan ish haqi (daromad) yoxud unga lavozimi bo'yicha belgilangan haq miqdoridan yoki u ishlayotgan joydagi ayni shunday malakadagi xodimning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqib, ko'paytirishni talab qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.