«Elektron tijorat to'g'risida»gi qonun

7-modda. O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining elektron tijorat sohasidagi vakolatlari

(7-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1057-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2025 й., 03/25/1057/0351-сон)

O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi elektron tijorat sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi). Vakolatli davlat organi: elektron tijorat sohasini tartibga solishni amalga oshiradi va mazkur sohadagi davlat siyosatini ro'yobga chiqaradi; elektron tijorat sohasidagi davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi; boshqa manfaatdor davlat organlari va o'zga tashkilotlar bilan birgalikda elektron tijorat sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni o'z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi; elektron tijoratni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi; elektron tijorat sub'yektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini ko'radi; elektron tijorat to'g'risidagi qonunchilikni takomillashtirishda va uning ijrosini ta'minlashda ishtirok etadi; elektron tijorat sohasidagi tadqiqotlarni va mazkur sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishi monitoringini tashkil etadi; elektron tijorat sohasiga axborot tizimlarini va axborot resurslarini joriy etishga ko'maklashadi; elektron tijorat sub'yektlariga xizmat qiladigan logistika infratuzilmasini rivojlantirishga ko'maklashadi; elektron tijorat sohasiga elektron to'lovlarning samarali usullari va tizimlarini joriy etishda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ishtirok etadi; aholi va tadbirkorlik sub'yektlari o'rtasida elektron tijoratni targ'ib qilishni hamda ommalashtirishni tashkil etadi. Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.