«Elektron tijorat to'g'risida»gi qonun

5-modda. Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari

Elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat: elektron tijorat sohasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish; elektron tijorat sohasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga investitsiyalarni, zamonaviy texnologiyalarni va asbob-uskunalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish; elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay muhitni yaratish, zarur texnik va logistika infratuzilmasini shakllantirish; elektron tijorat sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash; elektron tijorat sohasida raqobat muhiti uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarini ularning elektron tijorat sohasidagi faoliyati uchun zarur bo'lgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborot bilan ta'minlash; elektron tijorat sohasidagi ilmiy-texnika tadqiqotlarini rag'batlantirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; elektron tijorat sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.