«Elektron tijorat to'g'risida»gi qonun

3-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo'llaniladi: raqamli mahsulotlar — intellektual mulk ob'yektlarining elektron ko'chirma nusxalari (raqamli tovarlar), shuningdek elektron axborot muhitida moddiy natijaga ega bo'lmagan muayyan harakatlarni bajarish yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish, shu jumladan «bulutli texnologiyalar»ni (raqamli xizmatlarni) olishga hamda ularga obuna bo'lishga doir xizmatlar; elektron savdo maydonchasi — tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisini masofadan turib amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimi; elektron savdo maydonchasining operatori — elektron tijorat ishtirokchilariga elektron savdo maydonchasi xizmatlarini ko'rsatuvchi yuridik shaxs; elektron tijorat — tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tadbirkorlik faoliyati doirasida axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron savdo maydonchasi orqali tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladigan oldi-sotdisi; elektron tijorat operatori — elektron tijoratda elektron hujjatlar va elektron xabarlar aylanishi bilan bog'liq xizmatlar ko'rsatuvchi yuridik shaxs; elektron tijorat sub'yektlari — elektron tijorat ishtirokchilari va (yoki) elektron tijorat operatorlari.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.