Shartnoma bekor qilinganda sotuvchi xaridorga tovarni qaytarib berish amalga oshiriladigan joy to'g'risida xabar berishi kerak.
Tovarni namuna va (yoki) uning tavsifi bo'yicha realizatsiya qilish chog'ida sotuvchi namunaga va (yoki) tavsifga muvofiq bo'lgan tovarni taqdim etishi, shuningdek xaridorga tovarni qabul qilib olishi chog'ida uning butligini, yaroqliligini va iste'mol xususiyatlari to'liq saqlanganligini tekshirish imkoniyatini berishi shart.
Tovar namunaga va (yoki) tavsifga muvofiq bo'lmagan hollarda, xaridor uni almashtirishni yoki pul summasini qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Xaridorning aybisiz yetkazilgan shikastlantirishlar, shuningdek tovarni ko'zdan kechirish va uni tekshirib ko'rish maqsadida o'rovini ochish sababli tovar qiymatining pasayishi xaridorni shartnomani bekor qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, o'rovi bilan qaytarilgan bo'lsa, uning iste'mol xususiyatlari saqlangan va mazkur tovar shu sotuvchidan sotib olganligini tasdiqlovchi asoslar mavjud bo'lsa, xaridorning tovarni almashtirib berish yoxud qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim.
Xaridor tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir nuqsonlarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda, sotuvchi uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi tomonidan qo'shimcha ravishda tekshirish zarur bo'lganda esa xaridor talab qo'ygan paytdan e'tiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart.
Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar mavjud bo'lmagan taqdirda, xaridorning almashtirib berish to'g'risidagi talabi e'tiroz bildirilgan paytdan e'tiboran bir oy ichida qanoatlantirilishi lozim.
Agar ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar mavjud bo'lmasa, shartnoma bekor qilinib, ko'rilgan zararning o'rni sotuvchi tomonidan xaridorga e'tiroz bildirilgan paytdan e'tiboran bir oy ichida qoplanishi lozim.
Xaridorning roziligiga ko'ra, sotuvchi nuqsonli tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib berib, xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Elektron tijorat to'g'risida»gi qonun
26-modda. Elektron tijoratda nuqsonli tovarni almashtirib berish va (yoki) tovarning nuqsonlarini bartaraf etish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.