«Elektron tijorat to'g'risida»gi qonun

22-modda. Elektron tijorat sohasida to'lovlarni amalga oshirish usullari

Elektron tijorat sohasida to'lovlar quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi: naqd pul mablag'lari bilan — naqd pul mablag'lari to'lov vositasi tarzida virtual terminallar («E-POS») orqali qabul qilinganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni hamda sotuvchi va sotilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to'g'risidagi axborotni o'zida aks ettiradigan hujjatlarni xaridorga taqdim etish orqali; pul mablag'larini bank hisobvarag'idan o'tkazish orqali — pul mablag'larini bank hisobvarag'idan (shu jumladan bank kartalarining hisobvarag'idan) o'tkazish vositasida, shu jumladan shaxsiy kabinet (masofadan xizmat ko'rsatish tizimi) orqali yoki to'lov tashkilotining tizimi orqali o'tkazish vositasida; elektron pullardan foydalangan holda — elektron pullar tizimida ochilgan elektron hamyondagi pul mablag'larini o'tkazish vositasida.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.