«Elektron tijorat to'g'risida»gi qonun

20-modda. Raqamli mahsulotlar bo'yicha shartnomalarni rasmiylashtirishning o'ziga xos xususiyatlari

Moddiy jismlarda tarqatiladigan raqamli mahsulotlarga doir shartnomalar boshqa tovarlarga oid shartnomalarga o'xshash tarzda tasdiqlanadi. Moddiy jismdan foydalanmagan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog'i orqali shaxsiy kompyuterga yoki mobil qurilmaga yuklash (yuklab olish) orqali tarqatiladigan, onlayn xizmatlardan foydalanish yoki ularga obuna bo'lish va boshqa usullar orqali tarqatiladigan raqamli mahsulotlarga doir shartnomalar: cheklar, raqamli mahsulotga bo'lgan huquqni sotib olish to'g'risidagi kvitantsiyalar hamda shartnoma taraflarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan, moddiy jismdan foydalanmagan holda tarqatish jarayonida axborot tizimlari orqali shakllantirilgan boshqa xabarlar; xo'jalik yurituvchi sub'yektning ichki hujjatlari (xo'jalik yurituvchi sub'yekt mas'ul shaxsining hisobotlari, bankdan olingan ko'chirmalar, buxgalteriya ma'lumotnomalari va boshqalar) bilan tasdiqlanadi. Xo'jalik yurituvchi sub'yektlar birlamchi hisobga olish hujjatini unga quyidagilarni ilova qilgan holda bir tomonlama tartibda rasmiylashtirishga haqli: qo'shilib olishga, ofertaga oid shartnomaning, litsenziya shartnomasining va boshqa shartnomaning elektron ko'chirma nusxalarini; hisobvaraq-fakturaning (invoysning) yoki kontragentdan elektron xabar shaklida olingan boshqa hujjatning ko'chirma nusxalarini; pul mablag'lari kelib tushganligini va ularning to'langanligini tasdiqlovchi elektron hujjatlarni (elektron xabarlarni).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.