«Elektron tijorat to'g'risida»gi qonun

16-modda. Elektron tijoratda ofertaga doir talablar

Bir yoki bir necha muayyan shaxsga yo'llangan, yetarli darajada aniq bo'lgan va taklif kiritgan shaxsning o'zini taklifni qabul qiladigan, o'ziga taklif yo'llangan shaxs bilan shartnoma tuzgan deb hisoblash niyatini ifoda etadigan taklif oferta deb e'tirof etiladi. Elektron tijoratda oferta elektron hujjat tarzida shakllantiriladi. Elektron tijoratda oferta: ofertani yuborgan shaxsning nomini (o'zini o'zi band qilgan shaxslarning familiyasini, ismini, otasining ismini); ofertani yuborgan shaxsning pochta va elektron manzilini, telefon raqamini; qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotlarni (litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning raqamini, amal qilish muddatini, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organning nomini); shartnomani tuzish tartibini, shuningdek aktseptni yuborish va chaqirib olish tartibini; shartnoma shartlarini kelishib olish chog'ida unga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish imkoniyati hamda tartibini; tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish va ularga haq to'lash shartlarini, shuningdek ular uchun taklif etilayotgan narxlarni (tariflarni); hamma foydalanishi mumkin bo'lgan axborot resursida joylashtirilgan elektron hujjatga havola qilish yo'li bilan shartnomaga kiritiladigan shartlarga doir ko'rsatmalarni o'z ichiga olishi kerak. Elektron tijoratda oferta qonunchilikka muvofiq boshqa axborotni ham o'z ichiga olishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.