Закон «О государственной гражданской службе»

15-modda. Davlat fuqarolik xizmati sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar

Davlat fuqarolik xizmati sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo'l qo'yilmasligi; Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash; davlat fuqarolik xizmatchisining manfaatlar to'qnashuvini oldini olish va hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish, ularga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat o'tkazilishini ta'minlash; davlat fuqarolik xizmatchisining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash tizimini joriy etish; davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan sovg'alar olish va berish tartibini belgilash; davlat fuqarolik xizmatchisining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishini, moddiy ta'minot olishini va rag'batlantirilishini ta'minlash. Qonunchilikda davlat fuqarolik xizmati sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.