Chet el fuqarolari mazkur Qoidalar buzilganligi uchun O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Xorijiy davlatlarning O'zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari va konsullik muassasalari boshliqlari va xodimlarining javobgarligi to'g'risidagi masala diplomatik yo'l bilan hal etiladi.
Mazkur qoidalarning chet el fuqarolarining O'zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o'tish shartlariga rioya qilishlarini ta'minlovchi yoxud ularga xizmat ko'rsatuvchi shaxslar tomonidan buzilishi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi.
T/rTurTa'rif1.D-1Diplomatik kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun)O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlari va ularning qaramog'ida bo'lgan ularning oila a'zolariga (diplomatik pasportga ega bo'lgan) akkreditatsiya muddatiga beriladi.2.D-2Diplomatik kirish vizasi (vaqtincha turganlar uchun)O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O'zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlari va ularning qaramog'ida bo'lgan ularning oila a'zolariga (diplomatik pasportga ega bo'lgan) 3 oygacha muddatga beriladi.3.DTDiplomatik kirish vizasi (diplomatik pasport egalari uchun turistik)O'zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kirayotgan xorijiy davlatlarning diplomatik xodimlari va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari va ularning qaramog'ida bo'lgan ularning oila a'zolariga (diplomatik pasportga ega bo'lgan) 1 oygacha muddatga beriladi.4.S-1Xizmat kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun)O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlari va ularning qaramog'ida bo'lgan ularning oila a'zolariga (diplomatik pasportga ega bo'lmagan), shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo'lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlariga va ularning qaramog'ida bo'lgan ularning oila a'zolariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.5.S-2Xizmat kirish vizasi (vaqtincha)O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O'zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlari va ularning qaramog'ida bo'lgan ularning oila a'zolariga (diplomatik pasportga ega bo'lmagan), shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo'lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining O'zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlariga va ularning qaramog'ida bo'lgan ularning oila a'zolariga 3 oy muddatgacha beriladi.6.S-3Xizmat kirish vizasi (O'zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlarining taklifi bo'yicha )O'zbekiston Respublikasi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, qonunchilikda nazarda tutilgan, shuningdek, Prezident va Hukumat tashabbusi bilan tashkil etilgan nodavlat notijorat birlashmalar taklifi bo'yicha O'zbekiston Respublikasiga xizmat safariga keluvchi chet el fuqarolariga 1 yil muddatgacha beriladi.7.ORasmiy kirish vizasi (rasmiy va davlat tashriflari doirasida)O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taklifi bo'yicha O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi rasmiy delegatsiya a'zolariga rasmiy tadbirlar o'tkazish muddatiga beriladi.8.V-1Ishbilarmonlik kirish vizasi (O'zbekiston Respublikasining profil muassasalari va idoralarida akkreditatsiya qilinganlar uchun)O'zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek xorijiy banklar yoki boshqa moliyaviy tashkilotlar xodimlariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.9.V-2Ishbilarmonlik kirish vizasi (biznes viza)O'zbekiston Respublikasida vaqtincha turgan ishbilarmonlik doiralari vakillariga 1 yil muddatgacha beriladi.10.TTuristik kirish vizasiO'zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda tashrif buyurayotgan chet el fuqarolariga 1 oy muddatgacha beriladi.11.TGGuruhli turistik kirish vizasiO'zbekiston Respublikasiga kamida 5 kishidan iborat bo'lgan turistik guruh tarkibida turistik maqsadlarda tashrif buyurayotgan chet el fuqarolariga 1 oy muddatgacha beriladi.12.PLGZiyorat kirish vizasiTuristik faoliyat sub'yektlari va O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitasining so'rovnomalari bo'yicha O'zbekistonning madaniy-tarixiy va diniy-ma'naviy merosi, an'analarini o'rganish uchun chet el fuqarolariga 2 oy muddatgacha beriladi.13.YeIshchi kirish vizasi (O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan berilgan O'zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma asosida)O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan chet el fuqarosiga berilgan mehnat faoliyati huquqi tasdiqlangan muddatga beriladi.14.J-1Matbuot vakillari uchun kirish vizasi (O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida doimiy akkreditatsiya qilingan)O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida doimiy akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari va ularning qaramog'ida bo'lgan ularning oila a'zolariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.15.J-2Matbuot vakillari uchun kirish vizasi («Dunyo» AAda vaqtincha akkreditatsiya qilinganlar)O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida vaqtincha akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillariga akkreditatsiya muddatiga beriladi.16.PV-1Mehmon kirish vizasi (O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo'yicha)O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo'yicha mehmon safarini amalga oshiruvchi chet el fuqarolariga 1 yilgacha muddatga beriladi.17.PV-2Mehmon kirish vizasi (chet el fuqarolarining taklifi bo'yicha)O'zbekiston Respublikasida doimiy akkreditatsiya qilingan va ro'yxatdan o'tkazilgan chet el fuqarolari taklifi bo'yicha mehmon safarini amalga oshiruvchi chet el fuqarolariga 1 yilgacha muddatga beriladi.18.VTDVatandoshlar uchun kirish vizasi (O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo'yicha)O'zbekiston Respublikasida tug'ilganlar va ularning oila a'zolari uchun O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan va uning hududida doimiy yashovchi ularning qarindoshlari tomonidan taklifnoma mavjud bo'lganda 2 yilgacha muddatga beriladi.19.STDTalabalar kirish vizasi (oliy ta'lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta'lim olish davriga)O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan oliy ta'lim muassasalarida qisqa muddatda (oliy ta'lim muassasalararo almashishga binoan yoki oliy ta'lim muassasalararo o'zaro aloqalar doirasida vaqtincha asosda) ta'lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o'z tasarrufida ta'lim muassasasiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasining ta'lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko'ra rasmiylashtiriladi.20.A-1O'quv kirish vizasi (doimiy asosda — ta'lim davriga)O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta'lim muassasalarida ta'lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o'z tasarrufida ta'lim muassasasiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasining ta'lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko'ra rasmiylashtiriladi.21.A-2O'qituvchilar kirish vizasi (O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy asosda ishga joylashishda)Davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlariga pedagogik faoliyatni amalga oshirish uchun jalb qilinadigan chet el fuqarolariga 1 yilgacha muddatga beriladi. Vazirliklar va idoralar, shuningdek, o'z tasarrufida ta'lim tashkilotiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlarining iltimosnomalariga ko'ra rasmiylashtiriladi.22.A-3Akademik kirish vizasi (vaqtincha asosda)O'zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot (dissertatsiyalar, ilmiy ishlar uchun materiallar to'plash) va o'qituvchilik faoliyatini (qisqa muddatli sayyor ma'ruzalar) yuritishni xohlaydigan chet el fuqarolari uchun 3 oydan 2 yilgacha muddatga beriladi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari, vazirliklar yoki idoralar iltimosnomalariga ko'ra rasmiylashtiriladi.23.MEDTibbiy kirish vizasiDavolash-profilaktika muassasalari taklifi bo'yicha O'zbekiston Respublikasiga davolanish uchun keladigan chet el fuqarolari uchun 3 oygacha muddatga beriladi.24.S-1Ekipaj uchun kirish vizasiHavo kemalari va temir yo'l tarkiblari ekipajlarining xorijiy a'zolariga 1 yilgacha muddatga beriladi.25.S-2Haydovchilar uchun kirish vizasiYuk tashuvchi avtotransport vositalarining xorijiy haydovchilariga 1 yilgacha muddatga beriladi.26.EXITChiqish vizasiChet el fuqarolari tomonidan kirish vizalarining muddati kechiktirilgan hollarda ularning O'zbekiston Respublikasidan chiqishi uchun 1 oygacha muddatga beriladi.27.TRANTranzit vizasiO'zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan o'tuvchi chet el fuqarolariga 3 kungacha muddatga beriladi.28.INVKo'p martalik investitsiya vizasiXorijiy investitsiyalarni kiritish paytida O'zbekiston Respublikasida belgilangan 8500-martali bazaviy to'lov kattaligidan kam bo'lmagan miqdorda xo'jalik uyushmalarining aktsiyalari va ulushlarini olish, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokida bo'lgan korxonalarni tashkil etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga investitsiya kiritayotgan, O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan ushbu korxonalarning so'rovnomalari bo'yicha beriladi, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi, 3 yilgacha amal qilish muddati bilan beriladi.29.ITKo'p martalik «IT-visa»axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining ta'sischilari (ishtirokchilari)ga, ularning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs yoki kollegial ijro etuvchi organining raisi hamda ularning o'rinbosarlariga, Raqamli startaplar dasturi ishtirokchisi bo'lgan startap loyihalar ta'sischilari (ishtirokchilari)ga va mutaxassislariga, oliy ta'lim tashkilotlarining axborot texnologiyalari sohasida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo'lgan xorijlik professor-o'qituvchilariga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direktsiyasining tavsiyasiga binoan O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan 3 yilgacha amal qilish muddati bilan beriladi.
Cheklanmagan muddat:1. Ozarbayjon Respublikasi2. Gruziya 3. Armaniston Respublikasi4. Belarus Respublikasi5. Qozog'iston Respublikasi6. Moldova Respublikasi7. Rossiya Federatsiyasi8. Ukraina60 kungacha:9. Qirg'iziston Respublikasi30 kungacha:10. Avstraliya Ittifoqi11. Avstriya Respublikasi12. Argentina Respublikasi13. Bosniya va Gertsegovina14. Vatikan15. Lyuksemburg Buyuk Gertsogligi16. Vengriya17. Bruney-Dorussalom davlati18. Isroil davlati19. Gretsiya Respublikasi20. Irlandiya21. Islandiya22. Italiya Respublikasi23. Kanada24. Andorra Knyazligi25. Lixtenshteyn Knyazligi26. Monako Knyazligi27. Belgiya Qirolligi28. Daniya Qirolligi29. Ispaniya Qirolligi30. Niderlandiya Qirolligi31. Norvegiya Qirolligi32. Shvetsiya Qirolligi33. Latviya Respublikasi34. Litva Respublikasi35. Malayziya36. Mo'g'uliston37. Yangi Zelandiya38. Birlashgan Arab Amirliklari39. Portugaliya Respublikasi40. Bolgariya Respublikasi41. Indoneziya Respublikasi42. Kipr Respublikasi43. Koreya Respublikasi44. Malta Respublikasi45. Polsha Respublikasi46. San-Marino Respublikasi47. Serbiya Respublikasi48. Sloveniya Respublikasi49. Tojikiston Respublikasi50. Xorvatiya Respublikasi51. Chili Respublikasi52. Ruminiya53. Singapur54. Slovakiya Respublikasi55. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi56. Turkiya Respublikasi57. Braziliya Federativ Respublikasi58. Germaniya Federativ Respublikasi59. Finlyandiya Respublikasi60. Frantsiya Respublikasi61. Chernogoriya62. Chexiya Respublikasi63. Shveytsariya Konfederatsiyasi64. Estoniya Respublikasi65. Yaponiya 66. Antigua va Barbuda67. Barbados68. Beliz69. Grenada70. Dominika Respublikasi71. Meksika Qo'shma Shtatlari72. Gvatemala Respublikasi73. Gonduras Respublikasi74. Kosta-Rika Respublikasi75. Kuba Respublikasi76. Nikaragua Respublikasi77. Panama Respublikasi78. Trinidad va Tobago Respublikasi79. El-Salvador Respublikasi80. Sent-Vinsent va Grenadin81. Sent-Lyusiya82. Bagama Orollari Hamdo'stligi83. Dominikana Hamdo'stligi84. Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi85. Yamayka85¹ Bahrayn Qirolligi85². Saudiya Arabistoni Podshohligi85³. O'mon Sultonligi85⁴. Qatar Davlati85⁵. Quvayt Davlati85⁶. Xitoy Xalq Respublikasi85⁷. Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi7 kundan ko'p bo'lmagan:86. Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma'muriy hududi.
2 ish kuni mobaynida:
lex.uz’dagi asl matnПравила пребывания иностранных граждан в Узбекистане (ПКМ №408, 1996)
I2-16-band. V. chet elga ketish huquqi rad etilganligi ustidan shikoyat qilish tartibi — I2-16-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.