O'zbekiston Respublikasiga ma'lum muddatga vizasiz, elektron va turistik viza bilan kelib, shu muddat ichida baxtsiz hodisa (jarohat olganligi yoki boshqa og'ir kasallik) sababli davolash muassasalariga joylashtirilgan va belgilangan muddatda respublika hududidan chiqib ketish imkoni bo'lmagan chet el fuqarolariga vakolatli organ tomonidan har bir holat bo'yicha tegishli davolash muassasasi chet el fuqarosining davolanish muddati ko'rsatilgan holda bergan xulosasiga asosan ma'muriy choralar qo'llanilmasdan, «chiqish» (EXIT) vizasi rasmiylashtirib beriladi.
Chet el fuqarosi yoki uning qonuniy vakili davolanish muddati tugagach, uch ish kunida «chiqish» (EXIT) vizasini rasmiylashtirish uchun vakolatli organga belgilangan tartibda ariza va boshqa tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matnПравила пребывания иностранных граждан в Узбекистане (ПКМ №408, 1996)
6⁴-band. I. umumiy qoidalar — 6⁴-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.