O'zbekiston Respublikasida bo'lib turgan chet el fuqarolari (jumladan, ishbilarmonlik doiralari vakillari)ning viza muddatini uzaytirish uchun vakolatli organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mazkur Tartibga 1-ilovaga muvofiq belgilangan shaklda ikki nusxadagi viza talabnomasi;
milliy pasport yoki harakatlanish hujjati (boshqa hujjatlar bilan solishtirib olingandan so'ng nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi);
amaldagi vizasining nusxasi;
O'zbekistonga kirish viza talabnomasi (birinchi marta viza muddatini uzaytirish uchun hujjat topshirganda (teleks);
chet el fuqarosi o'zini O'zbekiston Respublikasiga taklif qilgan yuridik shaxsdan boshqa yuridik shaxsga o'tib ishlayotgan bo'lsa, uni taklif qilgan yuridik shaxsdan rozilik xati;
chet el fuqarosi nomidan hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirish uchun jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsning mas'ul xodimi murojaat qilgan taqdirda, unga berilgan ishonchnoma.
lex.uz’dagi asl matnПравила пребывания иностранных граждан в Узбекистане (ПКМ №408, 1996)
15³-band. II¹. Ichki ishlar organlari tomonidan chet el fuqarolarining O'zbekiston Respublikasida bo'lish viza muddatlarini uzaytirish tartibi — 15³-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.