Chet el fuqarolarining viza muddatini uzaytirishni so'rab bergan talabnomalari qabul qilingan kundan boshlab o'n besh ish kuni mobaynida ko'rib chiqiladi.
Talabnoma o'rganish natijalariga ko'ra ijobiy deb topilganda, vakolatli organ tomonidan ariza beruvchiga davlat bojini to'lash uchun hisobvaraq beriladi.
Ariza beruvchi hisobvaraq berilgan kundan uch ish kuni davomida davlat bojini to'lashi lozim.
Davlat boji to'liq to'langani axborot tizimida tasdiqlangandan so'ng vakolatli organ tomonidan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning milliy pasporti yoki harakatlanish hujjati asosida O'zbekiston Respublikasida bo'lish muddati hamda safarlar soni aks etgan viza rasmiylashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matnПравила пребывания иностранных граждан в Узбекистане (ПКМ №408, 1996)
15²¹-band. II¹. Ichki ishlar organlari tomonidan chet el fuqarolarining O'zbekiston Respublikasida bo'lish viza muddatlarini uzaytirish tartibi — 15²¹-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.