Tug'ilganligi, nikohi xorijiy davlatda qayd etilgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs O'zbekiston Respublikasining konsullik legallashtirish qonunchiligi talablari asosida qonunlashtirilgan yoki Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi Konventsiya (Gaaga, 1961 yil 5 oktyabr) talablariga muvofiq apostil belgisi qo'yilgan tug'ilganligi, nikoh tuzilganligi to'g'risidagi guvohnomani taqdim etadi.
«Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo'yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to'g'risida»gi Konventsiyaga (Minsk, 1993 yil 22 yanvar) hamda «Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo'yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to'g'risida»gi Konventsiyaga (Kishinev, 2002 yil 7 oktyabr) a'zo davlatlarda tug'ilganligi, nikohi qayd etilgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs tomonidan ushbu davlatlar qonunchiligi talablari asosida tasdiqlangan tug'ilganlik, nikoh tuzilganligi to'g'risida guvohnoma taqdim etilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi bilan rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi ikki tomonlama xalqaro shartnoma tuzilgan davlatlar hududida tug'ilganligi, nikohi qayd etilgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs tomonidan taqdim etiladigan tug'ilganlik, nikoh tuzilganligi to'g'risidagi guvohnomaga konsullik qonunlashtirilishi yoki apostil belgisini qo'yish talab etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnПоложения о временной и постоянной регистрации иностранных граждан (ПКМ №593, 2020)
I2-66-band. 5-bob. Yakunlovchi qoidalar — I2-66-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.