O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning doimiy yashashga ruxsatnomasi quyidagi hollarda MvaFRB tomonidan bekor qilinadi:
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xorijga doimiy yashashga ketganida;
chet el fuqarosi O'zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha chiqqanda, agar u uch yildan ortiq vaqt mobaynida uzrli sabablarsiz O'zbekistondagi doimiy yashash manziliga qaytmasa;
O'zbekiston Respublikasi hududidan vaqtincha xorijga chiqqan fuqaroligi bo'lmagan shaxs harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tamom bo'lgunga qadar uzrli sabablarsiz O'zbekistondagi doimiy yashash manziliga qaytmasa yoki xorijda uni almashtirmasa yoxud uzrli sabablarsiz uni almashtirishni rad etsa;
chet el fuqarosi milliy pasportini amal qilish muddati tugagandan so'ng olti oy davomida uni almashtirmasa yoki o'z davlati fuqaroligidan chiqqanligi to'g'risida ma'lumotnoma taqdim etmasa;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo'jalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari iltimosnomasiga binoan doimiy yashashga ruxsatnoma olgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ushbu organ va tashkilotlarning bildirishnomasi asosida;
bekor qilish to'g'risida shaxsan murojaat qilsa yoxud notarial tasdiqlangan ishonchnoma bo'yicha boshqa shaxs murojaat qilsa yoki chet eldagi tegishli organlarning so'roviga asosan;
agar shaxs yashash guvohnomasi yoki ID-kartani olayotganda yoki uni uzaytirish va almashtirishda, o'zi va qarindoshlari haqida yolg'on ma'lumot berganida, kerakli hujjatlarni taqdim etmaganida yoki qalbaki, sohta hujjatlarni taqdim etganida;
O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilganida;
sudning doimiy yashash ruxsatnomasini bekor qilish, bedarak yo'qolgan deb topish haqidagi qaroriga asosan;
vafot etganda — «FHDYoning yagona elektron arxivi» axborot tizimi ma'lumoti asosida.
lex.uz’dagi asl matnПоложения о временной и постоянной регистрации иностранных граждан (ПКМ №593, 2020)
I2-47-band. 4-bob. Viloyat hududida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning doimiy yashashga ruxsatnomasi va doimiy ro'yxatini bekor qilish tartibi — I2-47-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.