Положения о временной и постоянной регистрации иностранных граждан (ПКМ №593, 2020)

I2-28-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan viloyatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga doimiy yashashga ruxsatnoma berish tartibi — I2-28-band

MvaFRB chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga ID-karta rasmiylashtirib bergach, shu kunning o'zida mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq doimiy ro'yxatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron so'rovnoma shakllantiriladi. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning so'roviga ko'ra, ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag'i (keyingi o'rinlarda — qayd varag'i) taqdim etiladi. Ro'yxatning 9-bandi bo'yicha doimiy ro'yxatga olingan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq qayd varag'i rasmiylashtirib beriladi. Mazkur qayd varag'iga ega chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga respublikaning boshqa hududlarida vaqtincha ro'yxatga olinmasdan bo'lish va yashash huquqini beradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.