Положения о временной и постоянной регистрации иностранных граждан (ПКМ №593, 2020)

I2-1-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — I2-1-band

Ushbu Nizom O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2018 yil 28 avgustdagi PQ-3924-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpog'iston Respublikasida va viloyatlarda (keyingi o'rinlarda — viloyat) (Toshkent viloyatidan tashqari) boshqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qilinish huquqiga ega bo'lgan shaxslar — chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar toifalari ro'yxatiga muvofiq (keyingi o'rinlarda — Ro'yxat) boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga O'zbekiston Respublikasida doimiy yashashga ruxsatnoma berish hamda O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo'lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibini belgilaydi. Ushbu Nizom qoidalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq O'zbekiston Respublikasiga sayyohlik va elektron viza bilan, 60 kungacha vizasiz kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari xodimlariga va ularning oila a'zolariga tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.