Qurilish ob'yektlarida yoki ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) korxonalarida ishlash maqsadida kelgan va ushbu ob'yektlarning yashash uchun moslashtirilgan joylarida (vaqtincha inshootlar, moslashtirilgan binolar va konteyner uylarda) yashayotgan yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo'lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ushbu qurilish ob'yektlari yoki ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) korxonalariga «Manzil» tizimi orqali vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olinadi.
Bunda qurilish ob'yektlari yoki ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) korxonalariga yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo'lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish mazkur qurilish ob'yektlari yoki ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) korxonalarida yashash uchun moslashtirilgan joylarning mavjudligi, ro'yxatga olinayotgan yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo'lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar turar joy bilan (texnika xavfsizligi, yongin xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga rioya etilgan holda) ta'minlanganligi va ularni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish haqida qurilish ob'yektlari yoki ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) korxonalari rahbarlarining xati (roziligi) asosida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnПоложения о временной и постоянной регистрации иностранных граждан (ПКМ №593, 2020)
40¹-band. 3-bob. Yashash guvohnomasi yoki ID-kartaga ega bo'lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olishi tartibi — 40¹-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.