Бюджетный кодекс

94-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalarini ishlab chiqish

(94-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalari tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo'limlari tomonidan: daromadlar bo'yicha — Davlat byudjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda soliq inspektsiyalari, hokimliklarning bo'limlari va davlat boshqaruvi organlarining boshqa tuman hamda shahar bo'linmalari tomonidan ma'muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida; xarajatlar bo'yicha — tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning byudjet so'rovlari asosida ishlab chiqiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalari Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan: daromadlar bo'yicha — Davlat byudjetiga kiritiladigan daromadlar prognoziga doir takliflar hamda soliq boshqarmalari va hokimliklarning boshqarmalari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat boshqaruvi organlarining bo'linmalari tomonidan ma'muriy-hududiy birlik iqtisodiyotini rivojlantirishning makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognoziga muvofiq taqdim etiladigan boshqa axborot asosida; O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan byudjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlari asosida; xarajatlar bo'yicha — Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan, Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning byudjet so'rovlari hamda tegishli tumanlar va shaharlar byudjetlarining loyihalari, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan ayrim tadbirlar uchun xarajatlarning prognoz qilinayotgan hajmi asosida ishlab chiqiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining loyihalarini taqchillik bilan ishlab chiqishga yo'l qo'yilmaydi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli byudjetlarni birinchi navbatda ish haqi hamda unga tenglashtirilgan to'lovlar, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarini sotib olish, shuningdek kommunal xizmatlar xarajatlarini nazarda tutgan holda shakllantiradi. Tumanlar va shaharlar hokimliklari tumanlar va shaharlar byudjetlari tasdiqlangan xarajatlarining (bundan tumanlar va shaharlar byudjetlari zaxira jamg'armalarining mablag'lari mustasno) 5 foiziga teng miqdordagi mablag'larni jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo'naltiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.