Kelgusi yil uchun texnik ko'maklashish bo'yicha ustuvor loyihalarning ro'yxati vazirliklar va idoralarning, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining (loyiha tashabbuskorlarining) takliflari asosida joriy yilning 31 mayiga qadar O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tuziladi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Kelgusi yil uchun texnik ko'maklashish mablag'larini jalb qilishni donorlar bilan ishlab chiqish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Texnik ko'maklashish bo'yicha ustuvor loyihalar ro'yxati asosida amalga oshiriladi.
Texnik ko'maklashish bo'yicha ustuvor loyihalarning ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun donorlar bilan ishlab chiqilgan ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan kelgusi yilning 10 fevraligacha tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn66-modda. Texnik ko'maklashish mablag'larini jalb etish
(66-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.