Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg'armasi daromadlari:
hisobot choragining so'nggi ish kuni oxirida xarajatlar smetasi bo'yicha tejalgan mablag'lar, kapital qo'yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag'lar bundan mustasno;
faoliyat ixtisosligi bo'yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
byudjet tashkiloti balansida turgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag'larning bir qismi;
belgilangan tartibda byudjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan mablag'lar;
homiylikdan olingan mablag'lar hisobidan shakllantiriladi.
Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg'armasiga byudjet tashkilotlarining tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va ularni ishlab chiqarish bo'yicha xarajatlar o'rtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn60-modda. Byudjet tashkilotining rivojlantirish jamg'armasi daromadlarini shakllantirish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.