O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
navbatdagi yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasini (bundan buyon matnda Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasi deb yuritiladi) va byudjetnomani ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
birinchi va ikkinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar ro'yxatini tasdiqlaydi;
Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasini va byudjetnomani ko'rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
byudjetnomani O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga taqdim etadi;
Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasini O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;
davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;
O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotni tashqi auditdan o'tkazish va baholash uchun O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga taqdim etish shakllarini belgilaydi;
O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotni, shuningdek Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobotlarni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etish shakllarini belgilaydi;
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni har chorakda ko'rib chiqadi;
o'tgan moliya yili uchun O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotni, shuningdek joriy moliya yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobotlarni tashqi auditdan o'tkazish hamda baholash uchun O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;
O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotni tasdiqlash uchun O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan, shuningdek Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobotlarni tasdiqlash uchun O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tezkor xulosasi bilan birga O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;
ushbu Kodeksning 145 va 149-moddalarida nazarda tutilgan hollarda moliya yili mobaynida O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan ajratiladigan mablag'larga va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlariga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi takliflarni ko'rib chiqadi;
O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasini O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birgalikda ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritadi;
Davlat byudjeti daromadlari prognozini choraklar va hududlar kesimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg'armasi mablag'laridan foydalanish to'g'risida qarorlar qabul qiladi;
birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovlariga O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan ajratiladigan mablag'lar doirasida ikkinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarga ajratiladigan byudjet mablag'larining cheklangan miqdorlarini tasdiqlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo'shimcha manbalaridan foydalanish to'g'risida takliflarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boradi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn25-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining byudjet sohasidagi vakolatlari
(25-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонунига асосан саккизинчи ва тўққизинчи хатбошилар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.