Бюджетный кодекс

20-modda. Byudjet tasnifining asosiy printsiplari

Byudjet tasnifining asosiy printsiplari to'liqlik, yagonalik va o'zaro muvofiqlikdan iboratdir. Byudjet tasnifining to'liqlik printsipi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilari qamrab olinishini nazarda tutadi. Byudjet tasnifining yagonalik printsipi byudjet jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan yagona byudjet tasnifi qo'llanilishini anglatadi. Byudjet tasnifining o'zaro muvofiqligi printsipi byudjet tasnifining kodlari bir vaqtning o'zida byudjet jarayonining turli xil operatsiyalarini hisobga olish uchun qo'llanilmasligini anglatadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.