Бюджетный кодекс

190-modda. Byudjet so'rovini, ro'yxatdan o'tkazish uchun xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini va jamlanma shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va jamlanma moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish

(190-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Iqtisodiyot va moliya organlariga byudjet so'rovini, ro'yxatdan o'tkazish uchun xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini va jamlanma shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va jamlanma moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik byudjet so'rovini, ro'yxatdan o'tkazish uchun xarajatlar smetalarini va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtat jadvallarini va jamlanma shtat jadvallarini, shuningdek moliyaviy hisobotni va jamlanma moliyaviy hisobotni hamda davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzishdir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.