Davlat moliyaviy nazorati ob'yektining mansabdor shaxslari:
davlat moliyaviy nazorati amalga oshirilishining maqsadi, boshlanish sanasi va davomiyligini bilishga;
davlat moliyaviy nazorat organlarining tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan mazkur organ rahbarining qarorini va yakuniy nazorat tarzidagi davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish huquqini beruvchi bir martalik guvohnomani, shuningdek shaxsiy guvohnomani talab qilishga;
davlat moliyaviy nazoratini o'tkazish uchun asosga ega bo'lmagan shaxslarni davlat moliyaviy nazoratiga qo'ymaslikka;
davlat moliyaviy nazorati natijalari yuzasidan shikoyat qilishga haqlidir.
Davlat moliyaviy nazorati ob'yektining mansabdor shaxslari:
davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxslari davlat moliyaviy nazoratini o'tkazishi uchun zarur sharoitlar yaratishi;
davlat moliyaviy nazorat organi va uning mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek davlat moliyaviy nazorat organi mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga monelik qilmasligi;
davlat moliyaviy nazoratini o'tkazish vaqtida davlat moliyaviy nazorat organining mansabdor shaxslariga mazkur nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan hujjatlar va ma'lumotlarni taqdim etishi hamda ularning ishonchliligi, xolisligi va to'liqligi uchun shaxsan javobgar bo'lishi;
byudjet to'g'risidagi qonunchilik buzilgan holda foydalanilgan mablag'larning o'rni qoplanishini, shuningdek tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta'minlashi shart.
Davlat moliyaviy nazorati ob'yektining mansabdor shaxslari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn185-modda. Davlat moliyaviy nazorati ob'yekti mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
(185-модда иккинчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.