Бюджетный кодекс

177-modda. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladigan davlat moliyaviy nazorati

(177-модданинг ўн иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонунига асосан ўн иккинчи ва ўн учинчи хатбошилар билан алмаштирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasi: byudjet to'g'risidagi qonunchilikka, byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishi; byudjet tizimi byudjetlarining xarajatlari ijrosi; byudjet tizimi byudjetlarining mablag'lari hisobidan to'lovlarni amalga oshirishning navbatliligi, muddatlariga rioya etilishi va to'liqligi; byudjet tizimi byudjetlari mablag'larining maqsadli sarflanishi; rivojlanish davlat dasturlarini amalga oshirish uchun markazlashtirilgan manbalardan ajratiladigan mablag'lardan maqsadli foydalanilishi; O'zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik muassasalari tomonidan chet el valyutasidagi mablag'lardan to'g'ri va maqsadli foydalanilishi; pensiyalar va nafaqalar to'g'ri tayinlanishi, hisoblanishi va o'z vaqtida to'lanishi; byudjet subsidiyalari, ssudalari va kredit liniyalaridan maqsadli foydalanilishi; O'zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan kreditlardan (qarzlardan) maqsadli foydalanilishi; insonparvarlik yordami va texnik ko'maklashish mablag'laridan maqsadli foydalanilishi; davlat xaridlari bo'yicha tender (tanlov) savdolarining to'g'ri o'tkazilishi; hisobot yili yakunlari bo'yicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.