Бюджетный кодекс

17-modda. Ochiqlik printsipi

(17-модданинг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Ochiqlik printsipi: Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarini ko'rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini, shuningdek byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirok etishi mumkinligini; tasdiqlangan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari to'g'risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e'lon qilinishini (chop etilishini); O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjetining ijrosi to'g'risidagi yillik hisobotning, shuningdek Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobotlarning ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishini hamda yangilab borilishini anglatadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.