Бюджетный кодекс

166¹-modda. Byudjet jarayonining ochiqligini ta'minlash tartibi

(166¹-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar, ikkinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar, hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamg'armalari, O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi har chorak yakunlari bo'yicha keyingi chorak birinchi oyining 25 sanasiga qadar o'zining rasmiy veb-saytlariga: o'z tasarrufidagi byudjet tashkilotlari kesimida byudjet mablag'larining taqsimoti; davriy moliyaviy hisobotlar; davlat maqsadli jamg'armalaridan subsidiyalar va kredit oluvchilar; kapital qo'yilmalar hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning ijrosi; o'tkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari to'g'risidagi ma'lumotlarni joylashtiradi. Hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning rasmiy veb-saytlari mavjud bo'lmagan taqdirda ular tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining rasmiy veb-saytlariga ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan ma'lumotni joylashtiradi. Davlat moliyaviy nazorat organlari moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari to'g'risidagi ma'lumotlarni, har chorak yakunlariga ko'ra esa nazorat tadbirlari natijalari bo'yicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ijobiy natijalar haqidagi ma'lumotlarni chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay o'z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qo'shimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovarlar hamda xizmatlar, qurilish, rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash ishlari olib borilayotgan ob'yektlar ro'yxati, shuningdek qurilish-ta'mirlash ishlarining moliyalashtirilishi to'g'risidagi ma'lumotlar har chorak yakunlari bo'yicha keyingi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan majburiy tartibda o'z rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi. Byudjet mablag'larini tegishli taqsimlovchilar O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarining ijro etilishi to'g'risidagi axborotni birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar kesimida o'z rasmiy veb-saytlariga har chorak yakunlariga ko'ra, chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay joylashtiradi. O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasi hamda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo'mitasi soliq va bojxona imtiyozlari ro'yxatini, shuningdek soliq to'lovchilar kesimida taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlarining miqdori to'g'risidagi axborotni o'z rasmiy veb-saytlariga har chorakda chorakdan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmay, yil yakunlariga ko'ra esa kelgusi yilning 1 apreliga qadar joylashtiradi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tegishli mahalliy byudjetlar qo'shimcha mablag'laridan foydalanilishiga doir qarorlarni (farmoyishlarni) ular qabul qilinganidan so'ng uch ish kuni ichida majburiy tartibda o'z rasmiy veb-saytlariga hamda «Ochiq byudjet» axborot portaliga joylashtiradi. Tumanlar va shaharlar hokimliklari jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish bo'yicha ma'lumotlarni har chorak yakunlari bo'yicha keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar o'z rasmiy veb-saytlariga hamda «Ochiq byudjet» axborot portaliga joylashtiradi. Ma'lumotni ushbu moddaning birinchi — sakkizinchi qismlarida ko'rsatilgan tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlariga joylashtirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.