Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobot byudjet tasnifiga muvofiq muayyan davr uchun Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining ijrosi natijalaridan iborat bo'ladi.
Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobot quyidagilarni o'z ichiga oladi:
Davlat byudjeti daromadlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotni;
Davlat byudjeti xarajatlarining ijrosi to'g'risidagi hisobotni;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari ijrosi to'g'risidagi hisobotni;
O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan mablag' oluvchi byudjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi pul mablag'lari harakati to'g'risidagi hisobotni.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan shakllar bo'yicha Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobotlarni tuzadi.
Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobotlarga quyidagi ma'lumotlar ilova qilinadi:
Davlat byudjeti daromadlarining soliq turlari va hududlar kesimidagi ijrosi;
foydalanilgan soliq imtiyozlarining turlari va ularning miqdori;
hududlar kesimida soliq qarzi va ortiqcha to'lovlar;
Davlat byudjeti xarajatlarining sohalar va hududlar kesimidagi ijrosi;
O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilariga ajratiladigan mablag'lar ijrosi;
byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari ijrosi to'g'risidagi hisobot;
O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijro etilishi to'g'risidagi ma'lumot;
yuqori byudjetdan quyi byudjetlarga, davlat maqsadli jamg'armalariga ajratilgan transfertlar, shu jumladan byudjet ssudalari.
O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat byudjeti ijrosining borishi to'g'risidagi choraklik hisobotni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot davridan keyingi ikkinchi oyning 10-sanasiga qadar taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matn165¹-modda. Davlat byudjetining ijrosi to'g'risidagi choraklik hisobot
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.