Бюджетный кодекс

163-modda. Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag'lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari

(163-модда учинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag'lari oluvchilarning choraklik moliyaviy hisobotlari hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga, yillik moliyaviy hisobotlar esa, kelgusi hisobot yilining 1 yanvar holatiga ko'ra tuziladi. Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag'lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari mazkur tashkilotlarning rahbari yoki u vakolat bergan shaxs hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolanadi. Choraklik va yillik moliyaviy hisobotlar: byudjet mablag'larini taqsimlovchilar bo'yicha — O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar bo'yicha — Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalariga; tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar bo'yicha — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo'limlariga taqdim etiladi. Byudjet mablag'larini taqsimlovchilar O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan o'z tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari asosida choraklik va yillik jamlanma moliyaviy hisobotlarni tuzadi hamda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi. Tasarrufdagi tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari byudjet mablag'larini taqsimlovchi tomonidan o'zi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga jamlanma moliyaviy hisobotlarni taqdim etadigan muddatlar hisobga olingan holda belgilanadi. Byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning jamlanma moliyaviy hisobotlari byudjet mablag'larini taqsimlovchining rahbari yoki u vakolat bergan shaxs va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi. Davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlaridan byudjet mablag'lari oluvchilar davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan belgilangan tartibda choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzadi hamda davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlarga taqdim etadi. Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan muddatlardan kechiktirmay taqdim etadi. Tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan tegishli iqtisodiyot va moliya organlariga moliyaviy hisobotlarni ular belgilagan muddatlarda, lekin yuqori turuvchi iqtisodiyot va moliya organi tomonidan belgilangan muddatlardan kechiktirmay taqdim etadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan moliyaviy hisobotlar byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar rahbarlarining yoki ular vakolat bergan shaxslarning va bosh buxgalterlarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarning choraklik hamda yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.