Бюджетный кодекс

161-modda. Umumiy qoidalar

(161-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Byudjet hisobi byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o'zgartiruvchi operatsiyalarning holati to'g'risidagi axborotni to'plash, ro'yxatdan o'tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir. Byudjet hisoboti byudjet hisobi ma'lumotlari asosida belgilangan shakllar bo'yicha tuziladigan aktivlar va majburiyatlarning holati to'g'risidagi ma'lumotlarning umumlashtirilgan tizimidir. Byudjet hisobi va byudjet hisobotining yagona uslubiyati O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ushbu Kodeks, byudjet hisobining standartlariga, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Byudjet hisobining standartlari O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Byudjet tashkilotlari tomonidan byudjet hisobi va byudjet hisobotining yagona uslubiyatiga rioya etilgan holda byudjet hisobining batafsil bo'lishini ta'minlaydigan ichki idoraviy hujjatlar qo'llanilishi mumkin. Byudjet tizimi byudjetlari ijrosining byudjet hisobi: iqtisodiyot va moliya organlari; g'aznachilik bo'linmalari; davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari; byudjet tashkilotlari; davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan yuritiladi. Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarining ijrosi bo'yicha byudjet hisobi kassa usuli bo'yicha yuritiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.