Бюджетный кодекс

145-modda. O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetining xarajatlar yoyilmasiga o'zgartirishlar kiritish tartibi

(145-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchi uchun O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan ajratiladigan mablag'larni boshqa birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchiga o'tkazish (bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan hollar mustasno): 10 va undan ortiq foiz miqdorda O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi xulosasi asosida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan; 10 foizdan kam miqdorda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining taklifi asosida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonunga muvofiq birinchi darajali byudjet mablag'lari taqsimlovchilarga O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan ajratiladigan mablag'lar tarkibida nazarda tutilgan qayta taqsimlanadigan mablag'lar birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar uchun O'zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan ajratiladigan mablag'larni, shuningdek Davlat maqsadli jamg'armalariga, O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasiga, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga beriladigan byudjetlararo transfertlarni ko'paytirish orqali O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta taqsimlanadi. Bunda qayta taqsimlangan mablag'lar hisobidan mablag'larni yo'naltirish O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonunga o'zgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi. Birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar uchun ajratilgan byudjet mablag'lari doirasida bir ikkinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchi uchun ajratilgan mablag'larni boshqa ikkinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchiga o'tkazish: 10 va undan ortiq foiz miqdorda birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda; 10 foizdan kam miqdorda tegishli birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchi tomonidan amalga oshiriladi. Ob'yektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruktsiya qilish) va jihozlash uchun kapital qo'yilmalarni amalga oshirish uchun nazarda tutilgan mablag'larni joriy xarajatlarga yo'naltirish taqiqlanadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg'armasidan mablag'larni ajratish hamda birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilarni qayta tashkil etish Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonunga o'zgartirishlar kiritilmasdan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.