Бюджетный кодекс

138¹-modda. Maqsadli ijtimoiy transfertlar

(138¹-модда иккинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-660-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 31.12.2020 й., 03/20/660/1682-сон)

Maqsadli ijtimoiy transfertlar yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga ta'lim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va ijtimoiy soliq bo'yicha xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi. Maqsadli ijtimoiy transfertlarning miqdorlari: O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga — Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga — Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari to'g'risidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi. Foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi byudjetga qaytarilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.