Бюджетный кодекс

136-modda. O'tkazib beriladigan daromadlar

(136-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Tegishli ma'muriy-hududiy birliklar hududida shakllantiriladigan va yuqori turuvchi byudjetga o'tkaziladigan daromadlar ular qaysi ma'muriy-hududiy birlikda shakllantirilgan bo'lsa, o'sha ma'muriy-hududiy birlik byudjetiga o'tkazib berilishi mumkin. O'tkazib beriladigan daromadlarning umumiy hajmi: O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga — Davlat byudjeti to'g'risidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga — Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari to'g'risidagi qarorlar qabul qilinayotganda tasdiqlanadi. O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan quyi turuvchi byudjetlarga tushumlari o'tkazib beriladigan xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning hamda ular tomonidan to'lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning turlari ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasi bilan birgalikda tasdiqlanadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan tumanlar va shaharlar byudjetlariga tushumlari o'tkazib beriladigan xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning hamda ular tomonidan to'lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning turlari ro'yxati Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar soliq boshqarmalari bilan birgalikda tasdiqlanadi. Yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga o'tkazib beriladigan daromadlarning summasi tegishli quyi turuvchi byudjetga tushishi lozim bo'lgan daromadlar hisobga olingan holda belgilanadi. O'tkazib beriladigan daromadlarni o'tkazish ular bo'yicha haqiqatda tushgan tushumlar doirasida, biroq ularning tasdiqlangan hajmidan ortiq bo'lmagan miqdorda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.