G'aznachilik bo'linmalari byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag'lari oluvchilarning buyurtmalari bo'yicha to'lovlarni ularda byudjetdan ajratiladigan mablag'lar, yuridik va moliyaviy majburiyatlar mavjud bo'lgan taqdirda, shuningdek byudjet tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg'armalari mablag'larining qoldiqlari doirasida amalga oshiradi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar xarajatlarni to'lash uchun to'lov hujjatlarini g'aznachilik bo'linmalariga to'lov amalga oshiriladigan sanadan kechi bilan bir ish kuni oldin taqdim etadi.
G'aznachilik bo'linmalari tomonidan xizmat ko'rsatiladigan byudjet tashkilotlari (byudjet mablag'lari oluvchilar) o'rtasidagi, byudjet tizimi byudjetlarining turli darajalari o'rtasidagi, shuningdek davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari o'rtasidagi to'lovlar g'azna memorial orderlari asosida amalga oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag'lari oluvchilarning chet el valyutasidagi to'lovlari hamda pul o'tkazmalari qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasining norezidentlari foydasiga amalga oshiriladi.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan shaxsiy g'azna hisobvarag'iga joriy yoki kelgusi yilda qaytariladigan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalarining mablag'lari hisobidan o'tgan moliya yilida hosil bo'lgan debitorlik qarzining summasi, tegishli moliya yiliga qo'shimcha davrda qaytariladiganidan tashqari, tegishli byudjet daromadlariga o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matn124-modda. Kassa xarajatlarini amalga oshirish
(124-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.