Бюджетный кодекс

120-modda. Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlar qismining ijrosi

(120-модда тўртинчи қисми 1-бандининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Byudjet tizimi byudjetlari xarajatlar qismining ijrosi: yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish, ro'yxatdan o'tkazish va hisobga olishni; kassa xarajatlarini amalga oshirishni, shu jumladan byudjetlararo transfertlarni o'tkazishni; hisob va hisobotni; ijro ustidan nazoratni nazarda tutadi. Byudjet tizimi byudjetlarining xarajatlari daromadlar va xarajatlar yoyilmasida nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag'lar doirasida hamda byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydigan muddatlarda, daromadlarning tushishi hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Byudjet tashkilotlariga va byudjet mablag'lari oluvchilarga turli darajadagi byudjetlardan byudjetdan ajratiladigan mablag'larni ajratishga yo'l qo'yilmaydi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno. Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi jarayonida byudjetdan ajratiladigan mablag'lar: 1) quyidagilar munosabati bilan foydalanilmay qolgan byudjetdan ajratiladigan mablag'larning: kapital qo'yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag'lar moliya yili yakuni bo'yicha to'liq o'zlashtirilmaganligi; byudjet tashkiloti va byudjet mablag'lari oluvchilar faoliyati to'xtatib turilganligi — to'xtatib turilgan davr uchun; 2) byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarning tasdiqlangan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan, davlat moliyaviy nazorati bo'yicha tadbirlar davomida aniqlangan ortiqcha va qonunga xilof ravishda byudjetdan ajratilgan mablag'larning summalariga; 3) qonunchilik hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan byudjetdan ajratiladigan mablag'lar miqdorlarining qisqartirilishi summalariga; 4) moliya yili boshiga tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralarining summalariga; 5) dotatsiyalar va subsidiyalarni to'lash uchun mo'ljallanib, ammo zarurati qolmagan summalariga kamaytiriladi. Byudjetdan ajratiladigan mablag'larni ushbu moddaning to'rtinchi qismiga muvofiq kamaytirish tartibi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Byudjet tizimi byudjetlarining ijrosi jarayonida byudjetdan ajratilgan mablag'larning ortiqcha rejalashtirilganligi aniqlangan mablag'lar, shtat birliklari to'ldirilmaganligi, shuningdek tarmoq, shtatlar va kontingentlar bo'yicha reja bajarilmaganligi natijasida bo'shab qoladigan mablag'lar ish haqi va nafaqalar miqdorini, ayrim xizmat turlari bo'yicha tariflarni oshirish bilan bog'liq xarajatlarni moliyalashtirishga yo'naltiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.