Бюджетный кодекс

117-modda. Byudjet tizimi byudjetlari daromad qismining ijrosi

(117-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Byudjet tizimi byudjetlari daromad qismining ijrosi: tushumlarni Yagona g'azna hisobvarag'iga va boshqa bank hisobvaraqlariga kiritishni; tushumlarni byudjet tizimining byudjetlari o'rtasida taqsimlashni; ortiqcha yoki noto'g'ri to'langan tushum summalarini qaytarishni yoxud ularni qarzni to'lash evaziga hisobga olishni; hisob va hisobotni; ijro ustidan nazoratni nazarda tutadi. Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlariga daromadlarni yig'ishga vakolatli bo'lgan organlar va tashkilotlar, davlat soliq xizmati organlari va bojxona organlari bundan mustasno, daromadlarning to'g'ri hisoblab chiqilishi, to'liq va o'z vaqtida to'lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, shuningdek, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, davlat soliq xizmati organiga hisobot taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.