Бюджетный кодекс

112-modda. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi

(112-модда бешинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi (bundan buyon matnda daromadlar va xarajatlar yoyilmasi deb yuritiladi): byudjet tasnifiga muvofiq tuzilgan daromadlar va xarajatlar prognozi ularning tasdiqlangan parametrlariga muvofiqligini; daromadlar va xarajatlar parametrlari ijrosining monitoringini ta'minlash maqsadida tuziladi. Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining daromad qismi tegishli byudjet daromadlarining byudjet tasnifiga muvofiq oyma-oy bo'lingan yillik hajmlaridan tashkil topadi. Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining xarajat qismi tegishli byudjet xarajatlarining moliya yili uchun tasdiqlangan jamlanma xarajatlar smetalari xarajatlar smetalari asosida tuziladigan, byudjet tasnifiga muvofiq oyma-oy bo'lingan yillik hajmlaridan tashkil topadi. Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining yakuniy ma'lumotlari, byudjetlararo transfertlar bundan mustasno, tasdiqlangan yillik byudjetda qabul qilingan summalarga mos kelishi lozim. Daromadlar va xarajatlar yoyilmasi: O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti bo'yicha — O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti bo'yicha — Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari tomonidan; tumanlar va shaharlar byudjetlari bo'yicha — tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo'limlari tomonidan; davlat maqsadli jamg'armalari bo'yicha — davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan tuziladi. Daromadlar va xarajatlar yoyilmasining xarajat qismiga xarajatlar smetalarini tuzish talab qilinmaydigan quyidagi: byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini ro'yxatdan o'tkazish hamda ijro etish jarayonida bo'shaydigan; tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralari bo'yicha hisobga olingan; advokatlar tomonidan ko'rsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan to'lanishi nazarda tutiladigan; qo'shilgan qiymat solig'i summasini soliq to'lovchilarga qaytarish uchun nazarda tutiladigan; davlat organlari yoki ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida jismoniy yoki yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o'rnini qoplash uchun nazarda tutiladigan; byudjet tashkilotlarida ishlovchi ayollarga homiladorlik va tug'ish nafaqasini to'lash uchun nazarda tutiladigan, byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga qonunchilikda belgilangan tartibda o'zgartirishlar kiritilgan hollar bundan mustasno; bir yo'la beriladigan davlat pul mukofotlari va mukofotlarini to'lash uchun nazarda tutiladigan; Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatish ishtirokchilariga kompensatsiyalar to'lash uchun nazarda tutiladigan; transportda imtiyozli yurishni qoplash uchun nazarda tutiladigan; davlat qarzi bo'yicha xizmat ko'rsatish, O'zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo'lgan xalqaro tashkilotlarga a'zolik badallarini to'lash va ularni moliyalashtirishda ishtirok etish uchun mo'ljallangan; davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirayotgan qishloq xo'jaligi korxonalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash uchun nazarda tutiladigan; saylov va referendumlar o'tkazish uchun nazarda tutiladigan; byudjetlararo transfertlar ajratish uchun nazarda tutiladigan; tijorat banklari va boshqa moliya institutlarining ustav kapitalini shakllantirish va ko'paytirish uchun nazarda tutiladigan; rezident-yuridik shaxslarga byudjet ssudalari ajratish va O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining kredit liniyalarini ochish uchun nazarda tutiladigan; soliq va byudjet siyosatining asosiy yo'nalishlarida nazarda tutilgan tadbirlar hamda moliya yili mobaynida amalga oshirilishi nazarda tutilgan va Davlat byudjeti xarajatlarini ko'paytirishni talab qiladigan boshqa tadbirlar uchun mo'ljallangan; davlat maqsadli jamg'armalariga o'tkazib beriladigan; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg'armalarini shakllantirish uchun byudjetdan ajratiladigan mablag'lar kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.