Davlat maqsadli jamg'armalarining mablag'lari bo'yicha xarajatlar smetasi davlat maqsadli jamg'armalari mablag'larini oluvchilar tomonidan ularning bir yil uchun tasdiqlangan parametrlari doirasida oyma-oy bo'lingan holda tuziladi va tasdiqlanadi.
Davlat maqsadli jamg'armalarining mablag'lari bo'yicha xarajatlar smetasining va unga doir ilovalarning shakllari, shuningdek smetani tuzish tartibi O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat maqsadli jamg'armalarining mablag'lari bo'yicha xarajatlar smetalarini kelgusi yil uchun tasdiqlash joriy yilning 20 dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Davlat maqsadli jamg'armalarining mablag'lari bo'yicha kelgusi yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalarini ro'yxatdan o'tkazish davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan joriy yilning 25 dekabridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn108-modda. Davlat maqsadli jamg'armalarining mablag'lari bo'yicha xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash va ro'yxatdan o'tkazish
(108-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.