Бюджетный кодекс

100-modda. Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlarini yetkazish

(100-модда биринчи қисмининг биринчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1107-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2025 й., 03/25/1107/1216-сон)

Davlat byudjeti to'g'risidagi Qonun rasmiy e'lon qilinganidan keyin O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi: Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan beriladigan byudjetlararo transfertlar hajmlarini Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari e'tiboriga — uch ish kuni ichida; birinchi darajali byudjet mablag'larini taqsimlovchilar, O'zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag'lari oluvchilar uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag'lar hajmlarini ularning e'tiboriga — uch ish kuni ichida; davlat maqsadli jamg'armalarini taqsimlovchi organlar uchun belgilangan daromadlar va xarajatlarning hajmlarini ularning e'tiboriga — o'n ish kuni ichida yetkazadi. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari tasdiqlanganidan keyin Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari: tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan, Toshkent shahrining shahar byudjetidan beriladigan byudjetlararo transfertlar hajmlarini tumanlar va shaharlar hokimliklari e'tiboriga — uch ish kuni ichida; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilar e'tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag'lar hajmlarini — bir haftalik muddatda yetkazadi. Tumanlar va shaharlar byudjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va shaharlar iqtisodiyot va moliya bo'limlari tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablag'larini taqsimlovchilar e'tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag'larning hajmlarini bir haftalik muddatda yetkazadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.