«Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida»gi qonun

11¹-modda. Jinoyat protsessining ishtirokchisi bo'lgan bola huquqlarini himoya qilish kafolatlari

(11¹-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Davlat sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida bolalarning qonunchilikda belgilangan barcha protsessual huquqlariga rioya etilishi hamda bu huquqlar kafolatlarining ta'minlanishi bo'yicha choralar ko'radi. Bolaga har qanday ruhiy yoki jismoniy ta'sir o'tkazish, uni ko'rsatmalar berishga yoki aybini tan olishga majburlash taqiqlanadi. Sudga qadar ish yuritish va sud muhokamasi jarayonida bolalarga nisbatan ular qonuniy vakillarining ishtirokisiz amalga oshiriladigan protsessual harakatlarni bajarish taqiqlanadi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda voyaga yetmagan shaxsga nisbatan protsessual harakatlar uning katta yoshdagi yaqin qarindoshi, pedagog yoki ushbu shaxsning boshqa qonuniy vakili ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxsning jinoyatlari to'g'risidagi ishlar bo'yicha sudga qadar ish yuritishning va sud muhokamasining barcha bosqichlarida himoyachining ishtirok etishi shart. Bolaning va uning qonuniy vakillarining himoyachidan voz kechishi haqiqiy emas deb hisoblanadi. Qonunchilikda jinoyat protsessining ishtirokchilari bo'lgan bolalar uchun boshqa kafolatlar ham nazarda tutilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.