Таможенный кодекс

94-modda. Tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati

(94-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 27 февралдаги ЎРҚ-913-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.02.2024 й., 03/24/913/0158-сон — 2024 йил 28 майдан кучга киради)

Tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati uch yilni tashkil etadi. Tovarlar bir necha bor bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilganda bojxona ombori bojxona rejimining umumiy amal qilish muddati ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatdan ko'p bo'lishi mumkin emas. Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs mazkur bojxona rejimini uning amal qilish muddati ushbu Kodeksning 98-moddasiga muvofiq tugaguniga qadar tugallash huquqiga ega. Yaroqlilik, saqlash, ishlatish va (yoki) realizatsiya qilish muddati cheklangan tovar mazkur muddat tugaguniga qadar kamida bir yuz sakson kalendar kundan kechiktirmay boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun ma'lum qilinishi va bojxona omboridan olib chiqilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.