Таможенный кодекс

91-modda. Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari

(91-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Bojxona ombori bojxona rejimiga har qanday tovar, shu jumladan ilgari boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar joylashtiriladi, quyidagilar bundan mustasno: bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar; bojxona hududidan olib chiqilishi taqiqlangan O'zbekiston tovari; qonunchilikka muvofiq bojxona hududi orqali tranzit qilinishi taqiqlangan tovar; bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish uchun ma'lum qilingan kundagi yaroqlilik muddati ushbu Kodeksning 94-moddasiga muvofiq ma'lum qilinadigan muddatdan kam bo'lgan dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari. Bojxona ombori bojxona rejimida turgan tovarni saqlash bojxona omborida amalga oshirilishi kerak, bundan ushbu Kodeksning 93-moddasida belgilangan hollar mustasno. Vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida turgan tovar ushbu rejimlarning amal qilishini to'xtatib turish maqsadida bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.